1 761
Urush holatiga qaramay, Ukraina dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlashga yordam bera oladimi?
Avvalgi hosilni sotmagan Nadejda Stetsyuk va uning o‘g‘lida bu yilgi hosilni joylashtirish uchun joy yo‘q
Foto: NADIYA STETSIUK
Ukrainadagi don omborlarida 20 million tonna g‘alla sotilmay qolib ketgan. Qora dengizdagi portlar Rossiya tomonidan to‘sib qo‘yilishi ushbu mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga to‘siq bo‘lmoqda. Vaziyat shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, ukrain fermerlari xonavayron bo‘lishi mumkin.
Joriy yilning fevral oyi boshida ukrainalik fermer Nadejda Stetsyuk hosildor yilni kutayotgan edi. 2021 yilda ob-havo qulay kelgan va Nadejda Cherkasska oblastidagi kichik fermasida makkajo‘xori, bug‘doy va kungaboqardan katta miqdorda hosil oladi. Xalqaro bozorda ham narxlar kundan kunga oshib borardi, shu sababdan ham u keyinchalik sotish uchun o‘tgan yilgi hosilining bir qismini saqlab qo‘yadi. Ammo kutilmaganda urush boshlandi.
Cherkasskada faol harbiy harakatlar olib borilmadi, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining 80 foizi Ukraina nazorati ostida, biroq urushning ta’siri darhol sezila boshladi.
«Bosqindan so‘ng umuman don sota olmadik. Bu yerdagi hozirgi narx urushgacha bo‘lgan davrdagi narxning yarmiga teng. Yevropada va dunyoda oziq-ovqat inqirozi bo‘lishi mumkin, ammo Ukrainada hamma narsa to‘xtadi, chunki mahsulotimizni yetkazib bera olmaymiz», deydi Stetsyuk.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba Rossiyaning o‘ziga qarshi qo‘llanayotgan sanksiyalarni bekor qilish evaziga Ukrainaning Qora dengiz portlariga chiqishiga imkon berishni nazarda tutuvchi taklifini shantaj deb atadi.
Ukraina eng yirik oziq-ovqat eksportchilaridan biridir. Jahon bozorida sotilayotgan kungaboqar yog‘ining 42 foizi, makkajo‘xorining 16 foizi, bug‘doyning 9 foizi ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ba’zi mamlakatlar esa Ukraina mahsulotlariga qattiq bog‘langan. Xususan, Livan bug‘doyning 80 foizini, Hindiston kungaboqar yog‘ining 76 foizini aynan Ukrainadan import qiladi.
Shuningdek, Efiopiya, Yaman va Afg‘oniston kabi mamlakatlardagi ocharchilik yoqasida turgan odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga yordam ko‘rsatuvchi BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ham bug‘doyning 40 foizini Ukrainadan xarid qilib kelgan.
Urushdan oldin ham jahon oziq-ovqat ta’minotining zanjiri kafolatli darajada emas edi. O‘tgan yilgi qurg‘oqchilik Kanadadagi bug‘doy va moyli ekinlarga, Janubiy Amerikadagi makkajo‘xori va soya hosiliga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Pandemiya sababli Indoneziya va Malayziyada ishchi kuchi tanqisligi kuzatilgan va palma yog‘ini yig‘ib olishda muammolar paydo bo‘lgan. Natijada butun dunyo bo‘ylab o‘simlik moyi narxi oshib ketdi.
Bir qancha omillar sabab 2022 yilning boshida dunyo miqyosida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi rekord darajaga yetdi. Ukrainada yetishtirilgan hosil global tanqislikning oldini olishga yordam berishiga umid qilingandi. Ammo kutilmaganda boshlangan urush bunga imkon bermadi.
Ukraina Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda 20 million tonna g‘alla sotilmay qolib ketgan.
Urushdan oldin Ukraina eksportining 90 foizi Qora dengizdagi portlar orqali amalga oshirilgan. Hozirda bu portlardan foydalanishning imkoniyati yo‘q. Rossiya Ukraina qirg‘oq chizig‘ining katta qismini egallab oldi va qolgan qismini 20 ta kema, shu jumladan to‘rtta suv osti kemasidan iborat flot bilan blokirovka qilmoqda.
Ukrainaning Qora dengizdagi portlari bug‘doy yuklash uchun Ruminiya yoki Polshadagi portlardan ancha yaxshiroq jihozlangan
BMT oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli xalqaro hamjamiyatni blokadani buzish uchun konvoy tashkil etishga chaqirdi.
Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining dengiz mudofaasi bo‘yicha tahlilchisi Jonatan Bentamning so‘zlariga ko‘ra, konvoy uchun salmoqli miqdorda havo, quruqlik va dengiz kuchlari kerak bo‘ladi va siyosiy nuqtayi nazardan qaraganda, bunday operatsiyani amalga oshirish oson bo‘lmaydi.
«Keskinlikni pasaytirish uchun Qora dengizga chiqish imkoniyati bo‘lgan davlatlardan, masalan, Ruminiya yoki Bolgariyadan yordam so‘rash kerak. Lekin ularda buning uchun mablag‘ yo‘q. Qora dengiz hududidan tashqaridagi NATO a’zolari bu haqida o‘ylashlari kerak bo‘ladi», - deydi u.
Bu esa, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarini hamda Qora dengizga kirishni nazorat qilayotgan Turkiyani qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Rasmiy Anqara allaqachon harbiy kemalarning bo‘g‘ozlarga kirishiga cheklov e’lon qilgan.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish evaziga Qora dengiz orqali oziq-ovqat yetkazib berish yo‘lagi ochish taklifi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining uchrashuvida muhokama qilingan bo‘lsa-da, bosim yumshatilishiga oid hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Ukraina sohilning katta qismini minalashtirgan. Foto: Getty Images
Hozircha Ukrainadan mahsulotlarni faqatgina quruqlik yoki Dunay daryosi bo‘ylab katerlarda eksport qilish mumkin.
Yevropa Ittifoqi tegishli infratuzilmaga milliardlab yevro sarmoya kiritish rejalarini e’lon qildi. Nadejda Stetsyukning qo‘shnisi, 15 ming gektar yerda dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan Keyes Heyzingning ta’kidlashicha, bu yetarli emas. Urushning boshidanoq u o‘z mahsulotlarini quruqlik orqali yetkazib berishga harakat qilgan, biroq uzunligi 25 km.gacha cho‘zilgan navbatlar va ortiqcha qog‘ozbozlik uni bezovta qilmoqda.
Heyzingning aytishicha, 18 may kuni, Yevropa Ittifoqi infratuzilmaga sarmoya kiritish haqida e’lon qilganidan ikki kun o‘tib, bojxonachilar uning haydovchilaridan oldin hech qachon so‘ramagan ikkita kiyim-kechakni talab qilishadi. «Chegarani kesib o‘tish soddalashayotgani yo‘q, aksincha, byurokratik to‘siqlar ko‘payib bormoqda», - deydi u.
Heyzing uch hafta ichida Yevropaga 150 tonna don jo‘nata olgan. Oldin shuncha miqdordagi donni Odessa porti orqali bir necha soat ichida eksport qilish imkoniyati bo‘lgan.
Ukrainadan chiqishda turib qolgan yuk mashinalari 25 km masofaga cho‘zilgan navbat hosil qilgan
Ukrainadan asosiy yuk koridori hozirda temiryo‘l orqali amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakat temiryo‘l tizimi hali ham sovetlar temiryo‘l standartidan foydalanadi, o‘lchovi Yevropa Ittifoqinikiga qaraganda kengroq, ya’ni tovarlarni chegarada yangi vagonlarga qayta yuklash kerak. O‘rtacha kutish vaqti 16 kun, lekin mahsulotlar chegarada bir oygacha qolib ketishi mumkin.
Dunyoda oziq-ovqat tanqisligi haqidagi gap-so‘zlarning aksariyati bug‘doy haqida bo‘lsa-da, bugungi kunda Ukrainadan eksport qilinadigan donning asosiy qismini makkajo‘xori tashkil etadi. Bunga ma’lum sabablar asos sifatida keltirilgan.
Ukrainalik don tahlilchisi Yelena Nerobaning fikricha, mahalliy dehqonlar bug‘doy sotishga ikkilanyapti, chunki ularni 1932 yilda millionlab odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan «Golodomor» xotirasi ta’qib qilmoqda. Shuningdek, Ukrainada makkajo‘xori unchalik keng iste’mol qilinmaydi.
Bundan tashqari, Yevropa davlatlari yetarli darajada ichki zaxiralarga egaligi bois Ukraina bug‘doyini ko‘p miqdorda sotib olmaydi. Bug‘doyni Yevropa Ittifoqidan tashqariga eksport qilish ham qiyin, chunki Polsha va Ruminiya portlari katta hajmdagi donni qabul qilish va sotish uchun moslashtirilmagan.
Vaqt tugayapti. Omborlar to‘la, bug‘doy, arpa va kolzaning yozgi hosili yig‘ib olinishiga bir necha hafta qolgan.
Zaporoje oblastida bahorgi ekin vaqtida zirhli nimcha kiygan fermer. Foto: Getty Images
Nadejda Stetsyuk fermer xo‘jaligi o‘tgan yilgi hosilning qariyb 40 foizini omborxonasida saqlayapti, yangi mavsumdagi hosilni joylashtirish uchun esa joy kam.
«Bu don isrof bo‘lishini istamaymiz. G‘allamiz G‘arb, Afrika va Osiyo mamlakatlari uchun qanchalik muhimligini bilamiz. Bu bizning mehnatimiz samarasi va odamlar ularga muhtoj», - deydi u.
Stetsyukning so‘zlariga ko‘ra, agar omborlardagi donni sota olishmasa, kelayotgan kuzda ekin ekishga mablag‘lari yetmaydi. Fermerlar xalqaro hamjamiyat tomonidan moliyalashtirilishlariga umid qilmoqda. Agar bu amalga oshmasa, kelgusi yilda vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.
Markaziy Yevropa, AQSH, Hindiston, Pokiston va Shimoliy Afrikada ob-havo quruq kelgani olinadigan hosil miqdoriga salbiy ta’sir o‘tkazishi kutilmoqda.
Nadejda Stetsyukning ta’kidlashicha, urushning bir necha oyi fermerlarni kamida 20 yilga orqaga qaytishga majbur qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar