Foto: Rossiya prezidenti Matbuot xizmati
Rossiya va Eron prezidentlari Vladimir Putin hamda Ibrohim Raisiy telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar Eronning yadroviy kelishuvi bo‘yicha «yakuniy qarorga»ga kelishida erishilgan yutuqlarni muhokama qildi.
«Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyatni ko‘rib chiqishda Qo‘shma harakatlar rejasi va BMT Xavfsizlik Kengashning 2015 yil 20 iyulda tasdiqlagan 2231-rezolyutsiyasi talablari saqlanishi va to‘liq bajarilishini ta’minlaydigan yakuniy kelishuvga erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi» — deyiladi Kreml bayonotida.
Shuningdek, Kreml muloqot chog‘ida prezidentlar «Rossiya-Eron munosabatlarining bugungi kundagi darajasiga yuqori baho berishdi» deb yozadi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, jumladan, savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni mustahkamlashga bel bog‘lagan.
Bundan tashqari, Kremlning ta’kidlashicha, muzokaralarda «Suriyadagi vaziyatni tartibga solishga ko‘maklashish bo‘yicha Ostona kelishuvlari doirasida kelgusida birgalikda ishlashga sodiqlik yana bir bor tasdiqlandi».
Vladimir Putin, shuningdek, temir yo‘l halokati munosabati bilan Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi