
Qozog‘iston Senati spikeri Maulen Ashimbayevning jurnalistlarga aytishicha, birinchi prezident Nursulton Nazarboyev respublikadagi siyosiy jarayonlarga hech qanday aralashmayapti. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
«Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bugungi kunda siyosatga aralashmaydi. Ehtimol, buni o‘zingiz ko‘rgandirsiz. Albatta, u referendum, saylov kabi yirik tadbirlarda mamlakatning oddiy fuqarosi sifatida ishtirok etishi mumkin», — dedi parlament yuqori palatasi spikeri.
Ashimbayevning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi siyosatchilar o‘z harakatlarini Nazarboyev bilan muvofiqlashtirmaydi.
«Hech qaysi organ o‘z faoliyatini Birinchi prezident bilan maslahatlashgan holda olib bormayapti, balki vakolati va qonun doirasida ishlamoqda» , —deydi Ashimbayev.
Eslatib o‘tamiz, yanvar voqealaridan keyin Nazarboyev videomurojaat yo‘llab, siyosiy jarayonlardan chetlanganini, oddiy pensioner sifatida poytaxtda istiqomat qilayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar