00:13 / 16.06.2022
1 322

AQSH Ukrainaga "Harpun" raketalarini yetkazib bermoqchi

AQSH Ukrainaga "Harpun" raketalarini yetkazib bermoqchi
AQSH Ukrainaga umumiy qiymati 650 million dollardan ortiq qurol-yarog‘lar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, Ukrainaga avtomobillarga o‘rnatilgan "Harpun" kemalarga qarshi raketalari yetkazib berilishi kutilmoqda.

Kiyevga navbatdagi harbiy yordam ajratilishi to‘g‘risida hozircha rasman e’lon qilinmadi.

Bir kun avval Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainaga yetkaziladigan qurol miqdorini kamaytirmaslikka chaqirgandi.

May oyida AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga lend-liz berish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Ushbu hujjat Kiyevga harbiy yordam berishni osonlashtiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainaga "Harpun" raketalarini yetkazib bermoqchi