08:28 / 16.06.2022
1 100

Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lish uchun yangi referendum o‘tkazmoqchiligini ma’lum qildi

Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lish uchun yangi referendum o‘tkazmoqchiligini ma’lum qildi
Foto: AP Photo
Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen mamlakat mustaqilligi bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qildi.

«Bo‘lib o‘tgan hamma narsa — Brexit, Boris Jonson, koronavirusdan so‘ng Shotlandiyani qanday qilib yanada farovon va odil mamlakat qilish haqida gapiradigan vaqt keldi. Mustaqillik haqida gapirish va bunday tanlovni amalga oshirish vaqti keldi», — dedi u Edinburgdagi qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

«Biz... Vestminster hukumatining biz ovoz bermagan qarorlariga qaram bo‘lmaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Sterjen.

Uning ishontirishicha, har qanday referendum qonunga muvofiq o‘tkaziladi va hozirda Shotlandiya hukumati buni Buyuk Britaniya hukumatining ruxsatisiz o‘tkazish yo‘lini qidirmoqda.

Shotlandiya hukumati veb-saytida mamlakat mustaqilligi foydasiga dalillar keltiruvchi, shuningdek, vaziyatning iqtisodiy va ijtimoiy konteksti yoritilgan yangi hujjat e’lon qilindi.

Avval ham Sterjen 2023 yilda yana bir mustaqillik referendumini o‘tkazish niyati borligini ma’lum qilgan, biroq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ikkinchi referendumga yo‘l qo‘ymasligini, chunki Shotlandiya xalqi 2014 yildayoq o‘z istagini bildirganini bir necha bor ta’kidlagan. O‘shanda o‘tkazilgan referendumda shotlandiyaliklarning 55 foizi Britaniya tarkibida qolishni yoqlab, 45 foizi qarshi ovoz bergan edi. Shotlandiyadagi referendum uchun markaziy hokimiyatning roziligi talab qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lish uchun yangi referendum o‘tkazmoqchiligini ma’lum qildi