20:30 / 16.06.2022
1 173

Londonda Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanayotgan erkak hibsga olindi

Londonda Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanayotgan erkak hibsga olindi
Foto: Getty Images
Britaniya politsiyasi Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanayotgan erkakni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda BBC News.

13 iyun kuni kechqurun Londonning Getvik aeroportida 40 yoshli erkak Buyuk Britaniyadan chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Tergov davom etayotgani sabab u London politsiyasining hibsxonasida qolmoqda.

Gumonlanuvchining ismi va boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Politsiya vakilining aytishicha, qo‘lga olingan shaxs «Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning birinchi qismini buzganlikda gumon qilinmoqda. 1911 yilda qabul qilingan qonunning ushbu qismi «dushmanga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan» qaydlar, rejalar yoki chizmalar ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq.

Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin yanada murakkablashdi. Britaniya hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson urush boshlanganidan keyin shaxsan Kiyevga tashrif buyurdi.

Rossiya va Buyuk Britaniya bir-biriga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini joriy qildi. Xususan, 14 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 49 nafar Britaniya fuqarosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi, ular orasida BBC News, Financial Time, The Independent, The Times, The Daily Telegraph, The Guardian va boshqa nashrlar jurnalistlari ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londonda Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanayotgan erkak hibsga olindi