20:37 / 22.06.2022
1 647

Rossiya harbiylari ukrainalik fotojurnalist Maks Levinni qatl qilgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya harbiylari ukrainalik fotojurnalist Maks Levinni qatl qilgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Telegram
Mart oyida Rossiya harbiylari Kiyev viloyatining Motijin qishlog‘i o‘rmonlarida ukrainalik fotojurnalist Maks Levin va unga hamrohlik qilgan Ukraina Qurolli kuchlari jangchisi Aleksey Chernishovni qatl qilgan. Bu haqda Ukraina Bosh prokuroturasiga tayanib, «UNIAN» nashri xabar berdi.

10 mart kuni jurnalist o‘rmonda dronini yo‘qotib qo‘ygan. 13 mart kuni u apparatni qidirib Aleksey Chernishov bilan o‘rmonga qaytgan, biroq o‘sha paytda o‘rmon hududining bir qismi rus kuchlari tomonidan bosib olingan edi.

«Chegara bilmas muxbirlar» insonparvarlik tashkiloti mutaxassislari hodisa joyini o‘rganib, qotillikdan oldin marhumlar qiynoqqa solingan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Levinning jasadi 1 aprel kuni topilgan. Ukraina bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya harbiylari ukrainalik fotojurnalist Maks Levinni qatl qilgani ma’lum bo‘ldi