06:37 / 29.06.2022
1 522

«Tolibon» Sari Pul viloyatida isyon bostirilganini e’lon qildi

«Tolibon» Sari Pul viloyatida isyon bostirilganini e’lon qildi
Foto: «Haqqin»
«Tolibon» harakati 28 iyun kuni Sari Pul viloyatida hazorlar qo‘mondoni Mavlaviy Mahdiy isyoni bostirilganini e’lon qildi.

«Sari Pul viloyati gubernatori Muhammad Yoqub Abdul Rahmon Aka bugun xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni baholash uchun viloyatning Balhob tumaniga tashrif buyurdi. Gubernatorning xabar berishicha, Balhobda odamlarni taqib qilgan bir qancha qo‘lga olingan, xavfsizlik tiklangan va odamlar to‘liq xavfsizlikda yashayapti». Bu haqda «Tolibon» nazorat qilayotgan Afg‘onistondagi yagona davlat axborot agentligi bo‘lmish Bakhtar nashri yozgan.

«Tolibon» o‘tgan hafta bir necha kun davomida Balhob tumanidagi hazorlar qo‘mondoni, sobiq «Tolibon» tarafdori Mavlaviy Mahdiy pozitsiyalariga to‘rt tomondan hujum qilgan. «Tolibon» hujumi jangovar vertolyotlar yordamida amalga oshirilgan.

Ayni paytda Mavlaviy Mahdiyning o‘zi mag‘lubiyatni tan olgani yo‘q. «Bizning kurashimiz davom etmoqda. Balhobdagi yetmish ikki qishloqdan faqat sakkiztasi «Tolibon», ISHID va «Al-Qoida» nazoratida. Urushda mag‘lubiyatlar va g‘alabalar bor, lekin iroda muhim. Balhob jangchilari kuchli irodaga ega va jinoyatchilarga qarshi turadi», deb yozgan Mahdiy Twitter’dagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Sari Pul viloyatida isyon bostirilganini e’lon qildi