07:54 / 29.06.2022
2 079

Sochni ikki marta yuvganga — 500 yevro jarima

Sochni ikki marta yuvganga — 500 yevro jarima
Italiyaning Kastenaso shahri (Bolonya yaqinida joylashgan) hokimi mijozlarining sochini ikki marta yuvgan sartaroshlardan 500 yevrodan jarima undirishni buyurdi. Bu haqda «The Guardian» yozmoqda.

Karlo Gubellini (hokim) suvning behuda sarflanishiga qarshi shu tarzda kurashmoqchi. Minglab litr suv bekorga oqib ketyapti, dedi u.

Italiya so‘nggi 70 yildagi eng qattiq qurg‘oqchilikni boshdan o‘tkazyapti. Qanday qilib bo‘lmasin, suvdan tejab-tergab foydalanish choralari qidirilmoqda. Shaharlardagi daryolar quriyapti, hududlar suvni tejashga urinmoqda, Milanda, masalan, favvoralarni o‘chirib qo‘yishdi.

Ayrim ekspertlarning prognozi o‘ta tushkun: qurg‘oqchilik Italiya hududining 28 foizini cho‘lga aylantirishi mumkin.

Qolaversa, qurg‘oqchilik mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘ringa ega qishloq xo‘jaligi, birinchi navbatda, vinochilik sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirlanishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sochni ikki marta yuvganga — 500 yevro jarima