21:21 / 29.06.2022
2 340

«Putin ayol bo‘lganida edi, urush boshlamasdi» — Boris Jonson

«Putin ayol bo‘lganida edi, urush boshlamasdi» — Boris Jonson
Foto: Global Look Press
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini «zaharli erkaklikning mukammal namunasi» deb atadi. Bu haqda u Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayol bo‘lganida urush boshlanmas edi, — deydi Jonson. — Agar Putin ayol bo‘lganida edi, albatta, u ojiza emas — lekin agar shunday bo‘lganida edi, menimcha, u hozir amalga oshirgan bemazmun urush, bosqin va zo‘ravonlikni qilmagan bo‘lardi».

Buyuk Britaniya bosh vazirining so‘zlariga Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov izoh berdi. «Keksa Freyd hayoti davomida bunday tadqiqot ob’ektini orzu qilgan!», — degan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Putin ayol bo‘lganida edi, urush boshlamasdi» — Boris Jonson