Arablarning o‘z NATOsi bo‘ladimi?

2 daqiqa o'qish2.3K
Arablarning o‘z NATOsi bo‘ladimi?
Foto: «Tehran Times»
Co‘nggi haftalarda Yaqin Sharq mamlakatlari NATO kabi harbiy tuzilmaga asos solishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Xususan, Iordaniya podshohi Abdulloh II AQSHning CNBC telekanaliga bergan intervyusida mintaqada NATO kabi harbiy ittifoq tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Iordaniya yetakchisi, ayni choqda, ittifoq aniq mexanizm asosida tashkil etilmas ekan, uning umri ko‘pga bormasligini ham tan oldi.

Yana sanoqli kunlardan keyin Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Yaqin Sharq mamlakatlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Ko‘rfaz mamlakatlari, shuningdek, Iordaniya, Misr, Iroq rahbarlari qatnashadigan sammitga faxriy mehmon sifatida AQSH prezidenti Jo Bayden ham taklif etilgan. Yaqin Sharqda harbiy ittifoq ta’sis etilishi borasidagi xabar ushbu yirik mashvarat arafasida tarqalgani e’tiborga molikdir. Qolaversa, bir necha kun avval Wall Street Journal nashri Misrning Sharm ash-Shayx shahrida AQSH shafeligida, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iordaniya va mezbon mamlakat vakillari ishtirokida maxfiy muzokara o‘tkazilgani haqida yozdi.

Tahlilchilar Sharm ash-Shayx uchrashuvini umumiy tahdidga qarshi strategiya ishlab chiqish yo‘lidagi ilk qadam deb baholamoqda. O‘tgan hafta Isroil mudofaa vaziri Beni Gans ham AQSH rahbarligida Yaqin Sharq havo hujumidan mudofaa ittifoqi (MEAD) ta’sis etilayotganidan gap ochdi. Bularning bari mintaqa davlatlari harbiy ittifoq tuzish borasida qat’iy qarorga kelganidan dalolat berayotgandek.

Qayd etish joizki, mintaqa davlatlari birinchi navbatda Eronga qarshi kurashish uchun birlashmoqda. Yaqin Sharq mamlakatlari Tehron tomonidan olib borilayotgan yadro dasturini o‘z xavfsizligiga muqarrar tahdid deb biladi. Ular, ayni choqda, AQSH Eronga nisbatan yumshoq siyosati olib borayotganidan ham ochiq yozg‘iradi.

Taxminlarga ko‘ra, Yaqin Sharq NATOsi Isroil, Misr, Iordaniya, BAA, Bahrayn, Marokash, Saudiya Arabistoni, O‘mon, Qatar va Kuvayt ishtirokida tashkil etiladi. Eron bilan yaqin munosabatlarga ega Suriya, Yaman, Iroq va Livan harbiy ittifoqqa qo‘shilishi istisno etilmoqda.

Ayni choqda, bir guruh tahlilchilar Yaqin Sharqda harbiy ittifoq tuzilishiga ishonchsizlik bilan qaramoqda. Gap shundaki, NATO kabi birlashma ta’sis etilishi a’zo mamlakatlar o‘rtasida faol razvedka ma’lumotlari almashuvini taqozo etadi. Ammo hozirda mintaqa davlatlari o‘rtasida ishonch u qadar yuqori emas. Masalan, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasida josuslik ma’lumotlari almashuvini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

«Ayni paytda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish kun tartibidagi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ammo «Arab NATO»si g‘oyasi yaqin muddatda amalga oshishiga ko‘zim yetmaydi», – deydi Vashingtondagi Yangi Amerika xavfsizligi markazi tahlilchisi Bekka Vasser.

Ekspertlarning bu borada pessimistik xulosa berayotgani bejiz emas. Chunki mintaqada harbiy ittifoq tuzish bo‘yicha avvalgi urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 1950-yillarda Yaqin Sharqda ehtimoliy sovet bosqiniga qarshi CENTO tuzilmasi tashkil qilingan. Ammo samarasiz deb topilgan uyushma 1979 yilda tarqatib yuborilgan. AQSH prezidenti Donald Tramp davrida Yaqin Sharq strategik ittifoqi (MESA) tashkil etilishi e’lon qilingan, ammo bu tashabbus ham ro‘yobga chiqmay qolib ketdi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, maqola avvalida eslab o‘tilgan – Jidda shahrida o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi sammitdan keyin yangi harbiy ittifoq xususida uzil-kesil fikr aytish mumkin bo‘ladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?