21:24 / 02.07.2022
2 078

Qozog‘iston AQSH bilan aloqalarning yangi bosqichi haqida e’lon qildi

Qozog‘iston AQSH bilan aloqalarning yangi bosqichi haqida e’lon qildi
Foto: Getty Images
Qozog‘istonning AQSH bilan munosabatlaridagi yangi bosqich asosi strategik sheriklik bo‘yicha komissiyaning yuqori darajadagi muntazam uchrashuvlaridan iborat. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi ma’lum qildi, deb yozadi «Interfaks».

«Bugun Qozog‘iston Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan aloqalarning yangi bosqichini qurmoqda. Siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiyalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik asosi Kengaytirilgan strategik sheriklik bo‘yicha komissiya doirasida yuqori darajadagi muntazam uchrashuvlar hisoblanadi», — dedi u 1 iyul kuni bo‘lib o‘tgan «Qozog‘iston Respublikasi xalqaro aloqalarning zamonaviy tizimida» xalqaro konferensiyasida.

Shuningdek, Tleuberdi ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqishi bilan Qozog‘iston Britaniya bilan aloqalarni qayta formatlamoqchi.

«Mamnuniyat bilan Qozog‘iston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi strategik sheriklik haqidagi yangi bitim ustidagi ishlar tugaganini ma’lum qilamiz», — deya qo‘shimcha qildi u, umuman olganda Qozog‘istonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi «afzalliklardan maksimal darajada foydalanishga asoslanishi»ni qayd etarkan.

Shu bilan birga, Tleuberdi ta’kidlashicha, Rossiya va Qozog‘iston konstruktiv hamkorligi dinamik tarzda rivojlanmoqda.

«Xuddi avvalgidek, Qozog‘istonning strategik sherigi Rossiya Federatsiyasi bilan konstruktiv hamkorlik dinamik tarzda rivojlanyapti», — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston AQSH bilan aloqalarning yangi bosqichi haqida e’lon qildi