Ilon Mask o‘g‘illari Griffin, Kay, Damian va Saks bilan Rim papasi Fransisk huzurida
Foto: Twitter / @elonmusk
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Twitter’da Rim papasi Fransisk bilan birga tushgan suratini e’lon qildi, deb yozadi Meduza. Biznesmen pontifik bilan uchrashuv u uchun «sharaf» bo‘lganini qayd etdi.
Maskning tvitiga qaraganda, uchrashuv 1 iyul kuni bo‘lib o‘tgan. Unda biznesmen bilan birga sakkiz farzandining to‘rt nafari — 18 yoshli Griffin hamda 16 yoshli Damian, Kay va Sakson qatnashgan.
Italiyaning La Repubblica gazetasi xabariga ko‘ra, dunyoning eng boy odami va uning farzandlari Fransiskning yoniga shaxsiy tashrif bilan kelgan. Uchrashuv Vatikandagi Avliyo Marfa uyida bo‘lib o‘tgan va qariyb 40 daqiqa davom etgan. Bu vaqt mobaynida pontifik va milliarder, shu jumladan, «atrof-muhit muammolari va insoniyat kelajagi»ni muhokama qilgan. Uchrashuv haqidagi boshqa tafsilotlar keltirilmayapti.
Reuters qayd etishicha, 21 iyundan buyon Ilon Mask o‘zi sotib olishga urinayotgan ijtimoiy tarmoq — Twitter’ga hech narsa yozmagan. 1 iyul kuni u Twitter’ga ketma-ket postlar bilan qaytib kelgan, ular orasida Rim papasi bilan olingan surat ham bo‘lgan.
May oyida biznesmen Twitter’ni sotib olish bo‘yicha bitim ijtimoiy tarmoqdagi feyk va spamli akkauntlar soni hisoblab chiqilayotgani tufayli ro‘xtatib qo‘yilganini e’lon qilgandi. Shundan keyin kompaniya aksiyalari dastlabki savdolarda 20 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin