Foto: Getty Images
2 iyul kuni Isroil harbiy havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotlari O‘rta Yer dengizi akvatoriyasidan turib Suriyaning Tartus viloyatidagi ob’ektlarga to‘rtta boshqariladigan raketa zarbalarini yo‘lladi. Bu haqda Suriya arab respublikasida o‘zaro dushman davlatlar bilan murosa bo‘yicha markaz rahbarining o‘rinbosari, birinchi darajali kapitan Yevgeniy Gerasimovga tayanib «Interfaks» xabar bergan.
«2 iyul kuni soat 06:30 dan 06:36 ga qadar to‘rtta F-16 taktik qiruvchi samolyotlari O‘rta Yer dengizi akvatoriyasidan turib Suriyaning Tartus viloyatidagi hududlarda joylashgan ob’ektlarga raketa zarbalarini yo‘lladi. Isroilning aviazarbasi oqiabtida ob’ektlarga talafot yetib, ikki nafar tinch aholi vakili yaralandi», – degan Gerasimov.
Shuningdek, u oxirgi bir sutka davomida Idlib hududida to‘rtta aviazarba berish holati kuzatilgani, bunda «Jabhat an-Nusra» terrorchilik guruhining qo‘li borligini ta’kidlagan.
Aleppo provinsiyasida ham ikkita, Latakiyada bitta va Xamada bitta aviazarba qabul qilib olish holatlari kuzatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin