
Foto: AP Photo
Madridda o‘tgan NATO sammitidan keyin Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun 3 iyul kuni Ukarinaga keldi. Albaniz Ukrainaga tashrif doirasida Bucha, Irpen va Gostomel shaharlarida bo‘lgan, deyiladi The Australian xabarida.
Xavfsizlik choralari tufayli Avstraliya bosh vazirining Ukrainaga kelishi oldindan anons qilinmagan. Kiyevga Entoni Albaniz Ukraina maxsus xizmatlari hamrohligida tashrif buyurgan.
Kiyev viloyat davlat administratsiyasi raisi Aleksey Kuleba ijtimoiy tarmoqlarda Avstraliya bosh vazirining guvohi bo‘lgan vayronagarchiliklar ko‘rib ukrainaliklarga qayg‘urgani haqida yozgan.
Albaniz Avstraliyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi va bu yerda sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun keskin jazo choralari ko‘rilishi tarafdori ekanligini qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar