15:00 / 08.07.2022
1 841

Putin: Rossiya Ukrainada hali hech narsaga jiddiy kirishgani yo‘q

Putin: Rossiya Ukrainada hali hech narsaga jiddiy kirishgani yo‘q
Foto: «RBK»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada «hali jiddiy bir ishni boshlaganimiz yo‘q», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari Rossiya maxsus operatsiyasida boshidayoq yengilib bo‘lganini tushunishi kerak edi. Bu haqda «Kommersant’» yozmoqda.

«Bugun bizni jang maydonida yengmoqchi bo‘lishayotgani haqida eshityapmiz, nima ham derdik, urinib ko‘rishsin. G‘arb biz bilan oxirgi ukrainalik qolgunicha jang qilmoqchiligi haqida ko‘p marta eshitganmiz. Bu Ukraina xalqi uchun fojia, ammo, aftidan, hamma narsa shunga qarab ketyapti», — dedi prezident Davlat dumasi fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda.

Putinning aytishicha, Rossiya tinch muzokaralardan bosh tortmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muloqotdan bosh tortayotganlar bilib qo‘ysinki, Rossiya bilan kelishib olish tobora qiyinlashib boraveradi. «Hamma bilib qo‘ysinki, biz hali hech narsaga jiddiy kirishganimiz yo‘q
», — dedi davlat rahbari.

Vladimir Putinning fikricha, harbiy operatsiyaning o‘tkazilishi «amerikacha dunyo tartibining tubdan o‘zgarishini bildiradi, bu Amerika liberal-globalistik xudbinligining haqiqatda ko‘p qutbli dunyoga aylanishining boshlanishidir». Uning fikriga ko‘ra, bu dunyo xalqaro huquq, xalqlar va sivilizatsiyalar suverenitetiga, adolat va teng huquqlilikka asoslangan.

Avvalroq Putin Rossiya suverenitetini mustahkamlash Ukrainadagi maxsus operatsiyalarning muqarrar, biroq qo‘shimcha ta’siri hisoblanishi, uning asosiy maqsadi esa Donbassni himoya qilish va mamlakatning o‘z xavfsizligini mustahkamlash bo‘lib qolishini aytgandi.

Vladimir Putin 24 fevral kuni Ukrainaga Rossiya qo‘shinlarini kiritdi. Bunga javoban, bir qator mamlakatlar prezidentga, amaldorlarga, biznesmenlarga qarshi sanksiyalar kiritdi, Rossiya oltin-valyuta zaxiralarining deyarli yarmi muzlatib qo‘yildi. Cheklovlar banklarga va turli sohalardagi tashkilotlarga amal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Rossiya Ukrainada hali hech narsaga jiddiy kirishgani yo‘q