Foto: Sputnik
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Finlyandiya va Shvetsiyani NATOga qabul qilinishi to‘g‘risidagi qarorni olqishladi. Uning aytishicha, Ukraina ham alyansga qo‘shilish rejalaridan voz kechmaydi.
Zelenskiy NATOning Shvetsiya va Finlyandiyani qabul qilish haqidagi kelishuvini Rossiyaning bu mamlakatlarga «hujum qilishini oldini olish» uchun profilaktik chora deb atadi. Uning fikricha, agar Ukraina ham avvalroq alyansga olinganida, bu Yevropa davlatlarini unga hozir yordam ko‘rsatish zaruratidan xalos qilgan bo‘lardi.
«Ular (NATO davlatlari — tahr.) har doim Ukrainani (alyansga — tahr.) qo‘shmaslik uchun sabab topib kelgan. Ukrainani qabul qilmaslik noto‘g‘ri qaror edi», — dedi Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Iyun oyida Ukraina prezidenti NATO davlatlaridan harbiy yordam so‘ragan edi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilovning aytishicha, mamlakatning alyansga qo‘shilishdan boshqa iloji yo‘q va bu mamlakat konstitutsiyasida ham yozilgan.
Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainadagi bosqini tufayli may oyida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. 5 iyul kuni ular alyansga qo‘shilish bo‘yicha protokollarni imzoladi. Endi bu qaror NATOga a’zo barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi