1 442
Estoniya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi, ammo u yana hukumat rahbariga aylanishi mumkin
Foto: Getty Images
Avvalroq iste’foga chiqish haqidagi qarorini e’lon qilgan Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas yana hukumatga rahbar bo‘lishi mumkin, deb yozadi «RBK».
Estoniyada yangi hukumat shakllantiriladi, unga Kallas rahbar bo‘lishi mumkin. Islohotlar partiyasi (Kallasniki), «Vatan» va Sotsial-demokratlar partiyasi 2024 yilda eston tilidagi ta’limga o‘tish, elektr energiyasi bozorida islohotlar o‘tkazish hamda oilaviy nafaqalar miqdori haqida kelishib olganidan keyin yangi hukmron koalitsiya tuzish haqida bitimga keldi.
Kallas riygikogu (parlament)ga iste’foga chiqishini e’lon qiladi, shundan keyin prezident Alar Karis uni bosh vazirlikka yangi nomzod deb tayinlaydi. Agar parlament Kallasning nomzodini tasdiqlasa, u prezidentga yangi vazirlar mahkamasini tanishtiradi.
Bosh vazir o‘z lavozimidan ketishini avvalroq ma’lum qilgandi. Markazchilar partiyasi va Islohotlar partiyasidan iborat avvalgi hukmron koalitsiya iyun boshida islohitlar yuzasidan kelishmovchiliklar tufayli parchalanib ketgandi. Kallas hukumatdagi Markazchilar partiyasi vakillarining barchasini o‘z lavozimlaridan mahrum qilishni taklif etdi, prezident ularni ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni imzoladi.
Kaya Kallas Estoniya Islohotlar partiyasiga 2010 yilda a’zo bo‘lgan va bir yildan keyin Estoniya parlamentiga saylangan. 2014 yildan 2018 yilgacha Yevropa parlamenti deputati, Yevroittifoq — Ukraina hamkorligi bo‘yicha qo‘mitada delegatsiya raisi o‘rinbosari bo‘lgan.
2021 yil yanvarida Yuriy Ratas hukumati iste’foga chiqqanidan keyin bosh vazir lavozimini egalladi. Kallas Estoniyada bu lavozimni band etgan birinchi ayolga aylandi, uning davrida vazirliklardagi lavozimlarning yanrmini ayollar egallagan.
Rossiya Ukrainada harbiy operatsiya boshlaganidan keyin, bosh vazir Kiyevni ham siyosiy, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. U Ukrainaning Yevroittifoqqa qabul qilinishini yoqlab chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi