10:40 / 11.07.2022
1 450

Germaniyada ruslar va ukrainlarga qarshi qariyb 1300 ta jinoyat qayd etildi

Germaniyada ruslar va ukrainlarga qarshi qariyb 1300 ta jinoyat qayd etildi
Foto: DW
Fevral oyidan beri Germaniya bo‘ylab ruslar va ukrainaliklarga qarshi deyarli 1300 ta siyosiy sababga ega jinoyatlar sodir etilgan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri nemis politsiyasi 701 ta «Rossiyaga qarshi» va 592 ta «Ukrainaga qarshi» jinoyatlarni qayd etgan. Bu haqda 11 iyul, dushanba kuni Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, RND xabar berdi.

Politsiya jinoyat kodeksining moddalariga taalluqli va urush bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni bunday jinoyatlar sirasiga kiritgan, deya aniqlik kiritdi RND. Bunday huquqbuzarliklar haqida ma’lumot to‘plash uchun Germaniya federal jinoyat boshqarmasi (BKA) «Isa Kiew» maxsus ma’lumot yig‘ish markazini tashkil etdi, u yerga siyosiy sababga ega jinoyatlar haqida xabarlar kelib tushadi.

Aprel oyi boshida xavfsizlik kuchlari Rossiyaga qarshi 383 ta va Ukrainaga qarshi 181 ta jinoyat haqida xabar bergan edi. «Asosan, bu haqorat, mulkka zarar yetkazish, zo‘ravonlik harakatlaridir», dedi Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer.

Mart oyi boshida nemis ommaviy axborot vositalari Germaniyada yashovchi ruslarga ham, ukrainaliklarga ham qarshi qaratilgan etnik adovatni qo‘zg‘ashning turli holatlari haqida xabar bergan edi. Mart oyida Berlindagi Lomonosov nomidagi boshlang‘ich maktabning sport zalida yong‘in sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bunga yonuvchi modda solingan shisha sabab bo‘lgan.

Ayni paytda, Berlin markazidagi Rossiya fan va madaniyat uyi devorlariga noma’lum shaxslar katta harflar bilan «qotillar» so‘zini yozib qo‘yishgan. Mart oyining birinchi haftasida Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal hududida ukrainalik oilaning mashinasi yoqib yuborildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada ruslar va ukrainlarga qarshi qariyb 1300 ta jinoyat qayd etildi