16:40 / 11.07.2022
1 989

Ukraina qarshi hujumga o‘tish uchun million kishilik armiya to‘playdi

Ukraina qarshi hujumga o‘tish uchun million kishilik armiya to‘playdi
Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakat janubiy hududlarini qaytarib olish bo‘yicha tegishli buyruqni berdi, dedi Aleksiy Reznikov The Times gazetasiga bergan intervyusida.

Ukraina hukumati mamlakat janubiy hududlarini qaytarib olish uchun bir milliongacha odamni harbiy xizmatga safarbar qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ma’lum qildi.

«Siyosiy jihatdan bu mamlakatimiz uchun juda zarur ekanligini tushunamiz. Prezident Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoniga reja ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Shundan so‘ng Bosh shtab tegishli ishlarni olib boradi va bu maqsadga erishish uchun nima qilishimiz kerakligi haqida hisobot beradi», — dedi idora rahbari.

Vazir ushbu hududlar mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb qurollari Ukraina Qurolli kuchlari oldida turgan vazifalarni bajarishda yordam berishi kerak. Reznikov NATO davlatlaridan ta’minotni oshirishni so‘ragan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina qarshi hujumga o‘tish uchun million kishilik armiya to‘playdi