Foto: AP
Aleksey Navalniy 11 iyul, dushanba kuni Anti-Corruption Foundation International korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro notijorat tashkiloti tashkil etilganini ma’lum qildi.
Qamoqdagi muxolifatchining so‘zlariga ko‘ra, jamg‘armaning kuzatuv kengashi tarkibiga Belgiyaning sobiq bosh vaziri, Yevroparlament deputati Gi Verxofstadt, publitsist, Pulitser mukofoti sovrindori Enn Epplbaum, faylasuf Frensis Fukuyama kiradi, Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya rais etib tayinlangan.
Leonid Volkov direktorlar kengashi raisi, Vladimir Ashurkov, Yuliya Navalnaya, Mariya Pevchix va Ivan Jdanovlar esa kengash tarkibiga kiradi.
Jamg‘armaga birinchi hissa Navalniyga Yevroparlament tomonidan berilgan 50 000 yevro miqdoridagi Andrey Saxarov mukofoti bo‘ladi. «Jamg‘arma butunlay shaffof va tushunarli bo‘ladi, - deb yozadi Aleksey Navalniy. - Har doimgidek, biz sizning yordamingiz va qo‘llab-quvvatlashingizga ishonamiz va yaxshi ishlaymiz, deb va’da beramiz».
«Putin va uning atrofidagilar yillar davomida hokimiyatda qolish va o‘g‘rilik qilish uchun hamma narsani qilishdi va endi ular jazosiz qolgan holda urush boshladilar», deyiladi yangi tashkilot veb-saytida. «Ammo bu o‘g‘rilar va qotillar boshqa hech qachon o‘ljasidan foydalana olmasligiga erishish bizning qo‘limizda. Monakodagi barcha qasrlar va Mayamidagi barcha villalarni topamiz, ularni topgach, Putin elitasi bor narsasini yo‘qotishini ta’minlaymiz».
Frensis Fukuyama «ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish o‘zi uchun juda sharafli» ekanini ma’lum qildi.
2021 yil iyun oyida Moskva shahar sudi Navalniy tomonidan tuzilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi (KKJ) va Fuqarolar huquqlarini himoya qilish jamg‘armasini, shuningdek, uning mintaqaviy shtablarini «ekstremistik tashkilotlar» deb tan oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi