Foto: Reuters
Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni ro‘yxatga olish yakuniga yetdi. Ovoz berishning birinchi raundida sakkiz nafar nomzod ushbu lavozim uchun kurash olib boradi.
Dastlab konservatorlar rahbarligi va Britaniya bosh vazirligi uchun 11 nafar parlamentariy kurashmoqchiligini bildirgandi. Ularning uch nafari – transport vaziri Grant Shapps, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Sojid Jovid va konservativ partiya raisining sobiq o‘rinbosari Rexman Chishti kurashdan chiqishini e’lon qildi.
Ovoz berishning birinchi turiga sobiq moliya vaziri Rishi Sunak, tashqi ishlar vaziri Liz Trass, moliya vaziri Nadim Zaxaviy, sobiq tashqi ishlar vaziri Jeremi Hant, xalqaro savdo bo‘yicha vazir o‘rinbosari Penni Mordont, jamoat palatasi qo‘mitasi raisi Tom Tugendhat, Angliya va Uels bosh prokurori Suell Braverman hamda ayollar va tenghuquqlilik ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Kemi Badenok o‘tdi.
Konservativ partiya boshqaruv qo‘mitasi rahbari Grem Breydi konservator parlamentariylar orasida ovoz berishning birinchi turi 13 iyulda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Ikkinchi raundga o‘tish uchun nomzod kamida 30 nafar konservatorning ovozini olishi kerak. Qolgan turlar ikki nafar nomzod qolmagunicha davom etadi.
Shundan so‘ng bugungi kunda 200 ming nafarga yaqin a’zoga ega partiyaning barcha a’zolari ikki nafar "finalchi" orasidan g‘olibni aniqlaydi. Ovoz berish pochta orqali o‘tkaziladi.
2019 yilda bosh vazir lavozimini egallagan Boris Jonson 7 iyul kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin