23:00 / 13.07.2022
1 220

Bill Geyts hamma pullarini xayriya ishlariga sarflamoqchi

Bill Geyts hamma pullarini xayriya ishlariga sarflamoqchi
Amerikalik tadbirkor, Microsoft kompaniyasining sobiq bosh direktori Bill Geyts butun boyligini o‘zining Gates Foundation xayriya jamg‘armasiga berish niyatida ekanini ochiqladi. Bu haqda milliarder Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumki, Forbes Geytsning boyligini 122,1 milliard dollarga baholagan.

«Men boyligimning deyarli barchasini fondga berishni rejalashtiryapman. Men sekin-asta pastga tushaman va oxir-oqibat dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatini tark etaman», — dedi biznesmen.

Geyts iyul oyida fondini kengaytirish doirasida 20 milliard dollar hayriya qilishini qo‘shimcha qildi. Tashkilot xarajatlari 2026 yilga borib 6 milliard dollardan 9 milliard dollargacha oshadi.

Shuningdek, tadbirkor «katta boylik va imtiyozlarga ega» boshqa odamlar ham undan o‘rnak olishiga umid bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts hamma pullarini xayriya ishlariga sarflamoqchi