11:06 / 14.07.2022
2 024

Ukraina KXDR bilan diplomatik munosabatlarning to‘xtatilganini e’lon qildi

Ukraina KXDR bilan diplomatik munosabatlarning to‘xtatilganini e’lon qildi
Foto: Reuters
Ukraina Pxenyan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgani tufayli KXDR bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Bu haqda Ukraina TIVga tayanib «RBK» xabar qilgan.

«Do‘stona bo‘lmagan harakatga javoban Ukraina Koreya xalq demokratik respublikasi bilan diplomatik munosabatlarning uzilganini e’lon qiladi. KXDR bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar ushbu mamlakatga nisbatan qo‘llanilgan xalqaro sanksiyalar tufayli amalga oshirilmaydi», — deyiladi xabarda.

Ukraina TIV Shimoliy Koreyaning DXR va LXR mustaqilligini tan olish haqidagi qarorini qoralagan va Pxenyanning mazkur yurishini Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligini buzish uchun qilingan harakat deb atagan. Shuningdek, vazirlik mazkur tan olishni «ojizlik», shu bilan birga hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydigan va Ukrainaning xalqaro maydonda tan olingan chegaralarini o‘zgartirmaydigan chora ekanligini qayd etdi.

Shimoliy Koreya tomonidan DXRning tan olinganini respublika rahbari Denis Pushilin xabar qilgan. U Pxenyanga minnatdorlik bildirib, mazkur qaror o‘zaro hamkorlik hamda iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilishini ta’kidlagan.

Keyinchalik KXDRning Rossiyadagi elchixonasi Pxenyan DXR va LXR mustaqilligini tan olganini tasdiqlagan. Shuningdek, KXDR va LXR elchilari uchrashuvi amalga oshgani, yaqin vaqt ichida Shimoliy Koreya raisi LXR elchisi bilan uchrashishi ma’lum qilingan.

DXR va LXR mustaqilligini birinchi bo‘lib 2014 yilda Janubiy Osetiya tan olgandi. Respublikaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Leonid Tibilov mazkur harakat uchun asosiy sabab Ukraina qo‘shinlari tomonidan tinch aholiga qarshi olib borayotgan urushi sabab ekanini bildirgan.

2022 yil 21 fevralda DXR va LXR mustaqilligi Rossiya tomonidan tan olingan. Vladimir Putin mazkur qarorni Donbassdagi og‘ir vaziyat va Ukraina hukumatining ayirmakashlarga xos tarzda «millatchilik» bilan siyosat olib borayotgani bilan izohlagan. Shuningdek, u Kiyevning Minsk kelishuvi shartlarini bajarmayotganini ham qayd etgan. Oradan ikki kun o‘tgach Putin Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalar boshlaganini e’lon qildi.

Rossiyadan keyin DXR va LXR mustaqilligini Abxaziya hamda Suriya ham tan olgan. Suriya ham Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzgan. Kiyev Janubiy Osetiya va Abxaziya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmagan. Kiyev Rossiya Ukrainada urush boshlaganidan keyin Moskva bilan diplomatik munosabatlar to‘xtatilganini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina KXDR bilan diplomatik munosabatlarning to‘xtatilganini e’lon qildi