Foto: Getty Images
Ukraina G‘arb tomonidan berilgan yuqori aniqlikdagi qurollardan Rossiya hududidagi ob’ektlarga zarba berishda foydalanmaslik majburiyatini olgan, dedi Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov.
Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, u Pentagon rahbariga yo‘llagan maktubida Amerika qurolidan dushmanni «tutib turish» va Ukraina hududini «deokkupatsiya qilish» uchun foydalanishga va’da bergan.
AQSH iyun boshlarida Ukrainaga HIMARS yalpi o‘t ochish tizimlari taqdim etilishini bildirgandi. Shundan so‘ng Ukraina prezidenti ofisi bu quroldan Rossiyadagi ob’ektlarga zarba berishda foydalanish rejalashtirilmaganini ta’kidladi.
Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev agar AQSH qurollaridan Rossiya hududiga qarshi foydalaniladigan bo‘lsa, Moskva qaror qabul qilish markazlarini «ular hattoki Kiyev hududida joylashmagan bo‘lsa ham yo‘q qilishi» haqida ogohlantirgandi.
11 iyul kuni Ukrainaning Herson oblasti Kahovskiy rayoni harbiy-fuqarolik ma’muriyati Ukraina qurolli kuchlari HIMARS yalpi o‘t ochish tizimlari yordamida selitra omboriga raketa zarbasi berganini ma’lum qildi. 13 iyul kuni “LXR”dagilar ukrain harbiylari Luganskka HIMARS tizimlaridan foydalanib to‘qqizta raketa otganini xabar qildi.
Reznikovning ta’kidlashicha, harbiy harakatlarni yil oxirigacha yakunlash real ssenariy bo‘lib, buning uchun G‘arb mamlakatlari Kiyevga yordam berish va Moskvaga sanksiyaviy bosim o‘tkazishni davom ettirishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi