Foto: Bloomberg
Jahon banki ekspertlarining fikricha, global inqirozning oldini olish uchun hamma joyda import va eksport cheklovlarini yumshatish, shuningdek, oziq-ovqat va energiya yetkazib berish hajmini oshirish kerak.
Bank rahbari Devid Malpasning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda gumanitar va iqtisodiy halokat avj olmoqda.
Bundan tashqari, ko‘plab mamlakatlarda retsessiya, inflyatsiya, valyuta qadrsizlanishi va xalqaro zaxiralarning keskin qisqarishi xavfi mavjud.
- Tabiiy gazning Yevropaga yo‘naltirilishi rivojlanayotgan mamlakatlarda energiya, oziq-ovqat va o‘g‘it ishlab chiqarishga katta to‘siq bo‘lmoqda, — deya ogohlantirdi Malpas.
U oziq-ovqat, o‘g‘it va energiya ta’minotini oshirishga chaqirdi. Buning uchun tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish kerak, chunki u o‘g‘itlar ishlab chiqarishda va energiya tarmog‘ida asosiy rol o‘ynaydi.
- Dunyo mamlakatlari eksport, import va maqsadli bo‘lmagan subsidiyalar bo‘yicha cheklovlarni yumshatishlari yoki olib tashlashlari kerak, — dedi Jahon banki rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi