
Afg‘onistondan O‘zbekistonga raketa hujumlarini uyushtirgan guruh qo‘lga olingan. Bu haqda Afg‘onistonning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi o‘ldirilgan, 5 nafari hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 iyul kuni Termiz shahriga Afg‘oniston hududidan snaryadlar kelib tushgandi. Zabihulloh Mujohid hodisa yuzasidan bayonot berib aybdorlar qidirilayotganini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar