Foto: Reuters
Pentagon Xitoyning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi «xavfsiz bo‘lmagan» va «noprofessional» harakatlaridan xavotirlar tufayli AQSH armiyasining Xitoy armiyasi bilan so‘nggi besh yil ichidagi harbiy aloqalarini har tomonlama tahlil qiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligining uch nafar rasmiysiga tayanib, CNN xabar berdi.
Tegishli ko‘rsatma AQSH shtablari boshliqlarining qo‘shma qo‘mitasi raisi Mark Milli tomonidan berilgan, chunki Xitoy samolyotlari va kemalari ba’zan AQSH harbiy ob’ektlariga juda yaqin joylashtirilmoqda, deyiladi xabarda. CNN’ning ismini oshkor etmagan suhbatdoshlari Milli xitoylik harbiylarning xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlar tahlilini olmoqchi ekanini ta’kidladi.
AQSH va Xitoy armiyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasi shu qadar nozikki, tomonlar ko‘pincha voqealarni oshkor etmaydi, deb yozadi CNN. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida maxsus kuchlar tomonidan foydalanilgan Amerikaning C-130 transport samolyoti Xitoy samolyotlari bilan «to‘qnashib ketganga o‘xshash hodisa» yuz bergan. Ammo Pentagon ushbu hodisani rasman tan olmadi, deb ta’kidlaydi telekanal.
«Xitoy o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida iqtisodiy va harbiy jihatdan yuksalib kelmoqda. U Tinch okeanida yanada jasoratli bo‘ldi», — dedi Milli CNN’ga. Uning qo‘shimcha qilishicha, «strategik xavf» tomonlar o‘rtasidagi aloqa liniyalarini saqlab qolish va «raqobatni boshqarish» orqali kamayishi mumkin.
Xitoy harbiylarining xavfli harakatlari haqida Pentagon avvalroq xabar qilgan edi. Iyun oyi o‘rtalarida AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Xitoyning Osiyodagi xavfsizlikka tahdid soladigan bir qator tajovuzkor harakatlari haqida gapirgan. U Vashington o‘z ittifoqchilari bilan bosimga qarshi turishga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...