
Foto: Mads Claus Rasmussen/Ritzau Scanpix
20 iyul kuni Daniyada 1941 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori harorat qayd etildi. Bu haqda The Local Denmark portali xabar berdi.
"Yutlandiya g‘arbidagi Borris shahrida 35,6 daraja harorat qayd etildi", - deyiladi portal xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, avvalgi rekord 1941 yilda qayd etilgan – o‘shanda harorat 35,3 darajani tashkil etgan.
19 iyul kuni Buyuk Britaniyada yangi harorat rekordi qayd etilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surrey grafligidagi Charlvud shaharchasida havo harorati 39,1 darajaga yetgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing