Foto: Getty Images
Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya AQSH kongressida chiqish qildi va qonun chiqaruvchilarni mamlakatni Rossiya agressiyasidan himoya qilish uchun Ukraina qurolli kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
Zelenskaya ukrain tilida nutq so‘zladi. Kongress a’zolari uni olqishlar bilan qarshi olishdi. U nutqi avvalida bu Amerika kongressida boshqa mamlakat prezidenti rafiqasining ilk bor chiqish qilishi ekanligini qayd etdi.
Zelenskayaning nutqi avvali Rossiya agressiyasi parokanda qilgan oilalar, bolalar va tinchlikka bag‘ishlandi. U Rossiya zarbasi oqibatida halok bo‘lgan va tinch ukrainaliklarning uqubatlari timsoliga aylangan vinnitsalik qizaloq Liza aks etgan videoni namoyish etdi. Shuningdek, Zelenskaya Kremenchugga berilgan zarba qurbonlari hamda Rossiya agressiyasining boshqa ko‘plab qurbonlari tasvirlangan foto va videolarni ko‘rsatdi.
"Umumiy qadriyatlarimiz, hayotimiz va mustaqilligimiz uchun kurashimizda AQSH biz bilan birga ekanligidan minnatdormiz. Rossiya o‘ldirmoqda – AQSH qutqarmoqda", - dedi u.
Ukrainaning birinchi xonimi kongressmenlardan Ukrainani himoya qilish uchun qurolli kuchlarga qurol va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berishni davom ettirishni so‘radi.
"Ukraina xalqiga qarshi terrorni to‘xtatishga yordam beringlar", - dedi u.
Zelenskaya Ukraina hukumatida hech qanday rasmiy lavozimga ega emas, ammo urushning to‘rt oyi davomida siyosatchilar, jamoat tashkilotlari va jurnalistlar bilan o‘z darajasida muloqot olib bormoqda.
AQSHning misli ko‘rilmagan yordami
Kiyev G‘arbdan iloji boricha ko‘proq hajmda yordam olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda.
To‘rt oy avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Kiyevga qo‘shimcha harbiy texnika taqdim etishlarini so‘rab kongressga murojaat qilgandi.
Rossiya tajovuzidan so‘ng Amerika kongressi Ukrainaga qariyb 40 mlrd dollarlik misli ko‘rilmagan yordam paketini ma’qulladi. Bu miqdorning katta qismi harbiy ehtiyojlarga, qolgani infratuzilmani tiklash va Yevropadagi qochqinlarga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Yelena Zelenskaya tashrifi davomida AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan ham uchrashdi. Agentlik Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlash va gumanitar ehtiyojlar hamda Rossiya agressiyasi tufayli yuzaga kelgan global oziq-ovqat yetishmovchiligiga qarshi kurashish uchun milliardlab dollar ajratgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...