Vyetnam Xitoy mamlakat suverenitetini buzayotganini ma’lum qildi

Foto: Reuters
Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Parasel orollari yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlari Vyetnam suverenitetini buzmoqda. Bu haqda Vyetnam tashqi ishlar vazirligi vakili Fam Txu Hang ma’lum qildi.
«Biz Vyetnamning Hoangsha (Parasel orollari) va Chiongsha (Spratli) arxipelaglari ustidan suverenitetini buzuvchi har qanday harakatlarga qat’iyan qarshimiz»,— dedi u 16-20 iyul kunlari Parasel orollari yaqinida Xitoy tomonidan o‘tkazilgan harbiy-dengiz mashg‘ulotlariga izoh berarkan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar «Vyetnamning mazkur arxipelaglar ustidan suverenitetini jiddiy tarzda buzadi».
Bundan tashqari, Fam Chiongsha va Hoangsha yaqinida Vyetnamning ruxsatisiz harakat qilish noqonuniy hamda Vyetnam suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzuvchi harakat deb qabul qilinishini bildirdi.
Hanoy Spratli va Parasel orollari Vyetnamga qarashli deb hisoblaydi. Bu orollarga Xitoy va Vyetnamdan tashqari, yana uch mamlakat da’vo qiladi.

Izohlar 0
…