Foto: Reuters
Rossiya va Ukraina muzokarachilari millionlab tonna donni eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Bugun, 22 iyulda ular Istanbulda uchrashib, Rossiyaning Ukrainadagi Qora dengiz portlari blokadasini to‘xtatishga qaror qabul qiladi.
Agar so‘nggi daqiqada vaziyat izdan chiqmasa, kelishuv taxminan 22 million tonna bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa ekinlarni Ukrainadan butun dunyo bo‘ylab tashish imkonini beradi. Bu esa global oziq-ovqat inqirozi xavfini oldini oladi.
Kelishuv imzolanish jarayonida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va bitim bo‘yicha muzokaralarda muhim rol o‘ynagan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etadi.
Garchi Rossiya shartnoma doirasida yuk kemalari yoki Ukraina portlariga hujum qilmaslikka rozi bo‘lgan bo‘lsa-da, Ukraina mamlakatning bu qaroriga shubha bilan qaramoqda.
Shartnomaga ko‘ra, Ukraina portlariga ketayotgan yuk kemalari Turkiyadagi kuzatuv maydonchalarida tekshiriladi.
Bu kemalar qurol kontrabandasida qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida Rossiyaning xavotirlarini yo‘q qilish uchun zarur. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...