12:11 / 25.07.2022
1 654

Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbasidan so‘ng jahon bozorida bug‘doy narxi yana ko‘tarildi

Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbasidan so‘ng jahon bozorida bug‘doy narxi yana ko‘tarildi
Foto: Bloomberg
22 iyulda Ukraina va Rossiya millionlab tonna g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shundan so‘ng, 23—24 iyul kunlari Rossiya Odessa dengiz portiga qanotli raketalar bilan hujum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ushbu raketa hujumidan so‘ng global bozorlarda bug‘doy narxi ko‘tarildi. Chikagodagi fyucherslar 4,6 foizga, Singapurda 3 foizga oshdi.

22 iyulda kelishuvga erishilgandan so‘ng narxlar deyarli 6 foizga tushib ketgandi. Bu fevral oyining boshidan beri bug‘doy narxidagi eng past daraja.

- Rossiyaning raketa hujumi ushbu kelishuvning ahamiyatini hisobga olgan holda yomon yondashuv. Bu mamlakat bilan bitim u yozilgan qog‘ozga arzimaydi degan qo‘rquvni yana bir bor kuchaytiradi, — dedi Melburnda joylashgan Thomas Elder Markets kompaniyasining don bo‘yicha tahlilchisi Endryu Uaytloun.

Raketa tushgan Odessa dengiz portida to‘qqizta kema bor edi, ulardan to‘rttasiga 45,6 million dollarlik makkajo‘xori ortilgan. Don kemalari Malta, Liberiya, Serra-Leone va Panama bayroqlari ostida bo‘lgan.

Ukraina tomonidan imzolangan hujjat nusxasiga ko‘ra, kelishuv tomonlari tashabbusda ishtirok etgan savdo kemalari yoki port infratuzilmasiga hujum qilmaslik majburiyatini olgan.

Ukraina armiyasi janubiy qo‘mondonligi matbuot kotibi Natalya Xumenyuk televideniye orqali raketalar portdagi don omboriga tegmaganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbasidan so‘ng jahon bozorida bug‘doy narxi yana ko‘tarildi