3 396
Butun dunyoda dollardan voz kechish jarayoni boshlandi, uni to‘xtatib bo‘lmaydi – Volodin
Butun dunyoda dedollarizatsiya jarayoni boshlandi, uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu haqda Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.
Siyosatchi Telegram kanalida dollar o‘z pozitsiyalarini yo‘qotayotganining sabablarini sanab o‘tdi.
“Qanchalik tez (dollar o‘z o‘rnini yo‘qotadi) - ochiq savol, ammo butun dunyo bo‘ylab dedollarizatsiya jarayoni boshlangani va uni to‘xtatib bo‘lmasligi aniq”, dedi Volodin.
Boshqa sabablar qatorida, Davlat Dumasi spikeri ushbu valyutadan “siyosiy kurash quroli” sifatida foydalanishni aytgan.
“Bu jarayonga geosiyosiy xarakterdagi o‘zgarishlar ham hissa qo‘shmoqda, bundan milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarning kuchayishi va AQSHning “o‘z xatolarini tan olishni” istamasligi dalolat beradi. Oxirgisining o‘rniga ham yangisi keladi. Bugun aytishimiz mumkinki, bu, katta ehtimol bilan yevro emas, balki suveren iqtisodga ega davlatlarning valyutalari”, deya xulosa qildi Volodin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»