06:30 / 27.07.2022
1 011

AQSHning Yuta shtatida iyul oyi Amerika musulmonlari merosi oyi sifatida nishonlanadi

AQSHning Yuta shtatida iyul oyi Amerika musulmonlari merosi oyi sifatida nishonlanadi
Shtat gubernatori musulmonlarning jamiyatdagi barcha sohalarga qo‘shgan hissasini olqishlagan.

Yuta shtati gubernatori Spenser Koks merosni baham ko‘rish va musulmonlarning jamiyatdagi qimmatli hissalarini e’tirof etish maqsadida juma kuni iyulni Amerika musulmonlari merosi oyi deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan o‘tkaziladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari haqidagi deklaratsiyani imzolagan.

"Bugungi kunda Yutaning musulmon xalqi o‘z madaniyati bilan san’at, restoranlar, biznes, hukumat va sport sohalarida faol qatnashib kelmoqda. Bir asrdan ortiq vaqt davomida musulmonlar Amerika jamiyatining deyarli barcha jabhalariga qimmatli hissa qo‘shmoqda", - deydi gubernator deklaratsiyada.

Shuningdek, deklaratsiyada mutaassiblik, stereotiplar va musulmonlarga qarshi shakllangan nafrat muhitini yo‘q qilish uchun ta’lim va ogohlik bilan kurashish kerakligi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Yuta shtatida iyul oyi Amerika musulmonlari merosi oyi sifatida nishonlanadi