11:09 / 27.07.2022
1 432

«Putin Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlik qilishni istamoqda» — Erdo‘g‘on

«Putin Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlik qilishni istamoqda» — Erdo‘g‘on
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi Baykar kompaniyasi bilan hamkorlik qilish istagini aytgan.

«Putin menga Baykar bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini aytdi», — dedi Erdo‘g‘on hukmron «Adolat va taraqqiyot» partiyasi markaziy ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari ham Bayraktar’ga qiziqish bildirgan va o‘z hududida dron ishlab chiqaradigan zavod qurishni taklif qilgan.

Bayraktar-TB2 uchuvchisiz uchar apparatlar Ukraina harbiylari tomonidan faol qo‘llanilmoqda, bu esa Rossiya qo‘shinlariga katta zarar yetkazgani aytilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi bunday dronlar yo‘q qilinayotgani haqida muntazam xabar beradi. Vazirlik hisobotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasida foydalanilgan Bayraktar’lardan 20 ga yaqini yo‘q qilingan.

Bir necha hafta oldin Rossiya Erondan dron sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Har ikki davlat rasmiylari buni rad etdi, biroq Amerika manbalariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari iyun va iyul oyining boshida Tehron janubidagi aerodromga tashrif buyurgan, u yerda rossiyaliklarga aniq boshqariladigan raketalarni olib yurishga qodir dronlar ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on va Putin 5 avgust kuni Rossiyaning Sochi shahrida uchrashib, muzokaralar o‘tkazishi xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Putin Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlik qilishni istamoqda» — Erdo‘g‘on