Foto: Getty Images
AQSH jahon sahnasida birin-ketin tarixiy xo‘rlikni boshdan kechirmoqda, dedi mamlakatning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi America First Policy Institute forumidagi chiqishida.
«Mamlakatimiz jahon sahnasida birin-ketin tarixiy xo‘rliklarni boshdan kechirishga majbur bo‘lmoqda, uyimizda esa asosiy huquq va erkinliklarimiz qamalda qolgan», — dedi Tramp.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatga rahbarlik qilgan yillari AQSH energetika sohasida yetakchi bo‘lgan, benzin narxi va inflyatsiya darajasi maqbul bo‘lgan, xalqaro maydonda esa amerikaliklarni hurmat qilishgan.
Endi Trampning so‘zlariga ko‘ra, chegara yumshagani sababli Qo‘shma Shtatlar muhojirlar bilan to‘lib ketdi, energiya manbalarini boshqa davlatlardan so‘rashga majbur, inflyatsiya va benzin narxlari osmonga chiqmoqda.
Tramp AQSHning 45-prezidenti bo‘lgan. U 2017 yildan 2021 yilgacha mamlakatni boshqargan va keyingi saylovlarda Jo Baydenga yutqazgan. Mag‘lubiyatdan keyin Tramp doimiy ravishda Bayden ma’muriyatining siyosatini tanqid qilmoqda. Xususan, u Baydenni «Amerika orzusini o‘ldirishda» aybladi. Bundan tashqari Trampning ishonch bildirishicha, agar u AQSHni boshqarganida, Ukrainada hech qanday jangovar harakatlar bo‘lmagan, AQSHda inflyatsiya bunchalik tez o‘smagan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?