Foto: AP
AQSH Davlat departamenti rahbari Lavrov bilan 15 fevraldan buyon ilk telefon suhbatida Rossiyani Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuvga rioya qilishga chaqirdi va Moskvani Ukraina yangi hududlarini anneksiya qilishdan ogohlantirdi.
AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 29 iyul, juma kuni Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor telefon orqali muloqot qildi. Suhbat Amerika tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi, deb ta’kidladi Rossiya TIV.
Ukrainadagi urush mavzulardan biriga aylandi. Davlat departamenti rahbari rossiyalik vazir bilan suhbatda jahon hamjamiyati Rossiyadan Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha kelishuv majburiyatlarini bajarishini kutayotganiga ishora qildi. Lavrov esa jahon oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vaziyat AQSHning RFga qarshi sanksiyalari tufayli murakkablashayotganini aytdi.
Bundan tashqari, Blinken dunyo Ukrainaning yangi hududlari anneksiya qilinishini hech qachon tan olmasligini, agar bu sodir bo‘lsa, Rossiya qo‘shimcha jazo choralariga duch kelishini ta’kidladi. O‘z navbatida, Lavrov Rossiya Ukrainadagi urushning barcha «maqsadlari va vazifalarini» amalga oshirish niyatida ekanligini ta’kidladi. Avvalroq Rossiya TIV rahbari urushning «geografik vazifalari» kengaytirilishini e’lon qilib, buni g‘arb davlatlari tomonidan Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi qurollar yetkazib berish ehtimoli bilan bog‘lagan edi.
«Rossiyaliklar bu haqda shaxsan bizdan eshitishlari juda muhim – nafaqat biz buni (anneksiyani) tan olmasligimiz, balki qo‘llaniladigan jiddiy sanksiyalar tufayli bu Rossiyaga qimmatga tushishi ham muhim», - dedi Blinken jurnalistlarga Lavrov bilan suhbatdan keyin.
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Ukrainaning bu hududlarida odamlar qandaydir yo‘l bilan Rossiya tarkibiga kirishga intilayotgandek ko‘rinish yaratishga» urinib, «qo‘lbola referendumlar»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu ovoz berishlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «Ukraina hududini imkon qadar ko‘proq yutib yuborish» istagi uchun uyushtirilmoqda, deya qo‘shimcha qildi AQSH Davlat departamenti rahbari.
Rossiyada hibsda saqlanayotgan AQSH fuqarolari yana bir mavzuga aylandi. Giyohvand moddalar kontrabandasida ayblangan basketbolchi Brittni Grayner va josuslikda ayblangan, BorgWarner kompaniyasi xavfsizlik bo‘yicha direktori Pol Uilanning vatanga qaytishi ehtimoli bor. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, u Moskvani amerikaliklarni ozod qilish shartlarini qabul qilishga undagan.
O‘z navbatida, Lavrov Blinkenga mahbuslarni almashish masalasida «sokin diplomatiya» rejimiga qaytishni taklif qildi, deb xabar qildi Rossiya TIV. Bir necha kun avval AQSH prezidenti Jozef Bayden ma’muriyatining amerikaliklarni AQSHda sudlangan Rossiya fuqarosi Viktor Butga almashtirish taklifi haqida ma’lum bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi