19:36 / 30.07.2022
1 947

Ramzan Qodirov: Chechenlar Putinning buyrug‘iga ko‘ra har qanday aholi punktiga hujum qilishga tayyor!

Ramzan Qodirov: Chechenlar Putinning buyrug‘iga ko‘ra har qanday aholi punktiga hujum qilishga tayyor!
Foto: «Gazeta.ru»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, mamlakat harbiylari Oliy qo‘mondon Vladimir Putin buyrug‘i bilan har qanday aholi punktiga hujum qilishga tayyor. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.

«Dushmanlar qanday tahdid solishidan qat’i nazar, Checheniston maxsus kuchlari xodimlari umuman qo‘rqmaydi. Ular o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida Rossiya jangchilari yuragiga qo‘rquv urug‘ini sochishga bir necha bor urinib ko‘rdi, biroq dushmanlar faqat ularning g‘azabiga duchor bo‘lgan», — deb yozadi u o‘z Telegram kanalida.

Bu g‘azab «dushmanlarni o‘zlarining makkor rejalari bilan birga tuproqqa ko‘madi», — deya qo‘shimcha qildi Checheniston rahbari.

Qodirovning ta’kidlashicha, G‘arb zamonaviy jamiyatning haqiqiy qadriyatlari sifatida ko‘rsatayotgan narsa yo‘q qilinadi. Shu bilan birgalikda, Kiyev rasmiylari «sakkiz yil davomida amalga oshirgan ishlari oqibati ularning o‘zlarini mag‘lub qilishini» tushunishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: Chechenlar Putinning buyrug‘iga ko‘ra har qanday aholi punktiga hujum qilishga tayyor!