Foto: Getty Images
AQSHda yalpi ichki mahsulot tushishi, baland narxlar va inflyatsiya o‘sishi fonida reytingi pasayib ketayotganiga qaramay, AQSH prezidenti Jo Bayden baribir 2024 yilda qayta saylanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
«Prezident 2024 yilgi saylovlarda qatnashmoqchi», — dedi u saylovgacha hali ko‘p vaqt borligini aytib qo‘shimcha izohlardan tiyilar ekan. Savol bergan jurnalist qayd etishicha, ba’zi so‘rovlar ma’lumotlariga ko‘ra, demokratlarning atigi 26 foizi Baydenni yana prezident lavozimida ko‘rishni xohlagan bo‘lardi.
Iyul o‘rtalarida AQSH Mehnat vazirligi mamlakatda iste’mol narxlari yillik hisobda 9,1 foizga o‘sib, iste’mol inflyatsiyasi 8,8 foizga teng bo‘lishini kutgan ekspertlarning prognozlaridan ham oshib ketganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tayanch inflyatsiya (oziq-ovqat va yonilg‘idan tashqari mahsulotlar va xizmatlar narxining oshishi) 5,9 foizni tashkil etdi, bu 1981 yildan buyon maksimal ko‘rsatkich demakdir.
AQSHda narxlar koronavirus pandemiyasi davridayoq o‘sishni boshlagan edi, hozir esa ularga geosiyosiy omillar ham ta’sir o‘tkazmoqda: xususan, benzin narxlari bilan bog‘liq vaziyat mart boshida Rossiya nefti va gaziga embargo kiritilganidan keyin yomonlashdi. AQSHda iqtisodiy pasayish tan olinmoqda, ammo vaziyat retsessiyagacha borib yetmasligi aytilmoqda — shu jumladan, Baydenning o‘zi ham shunday degandi. 28 iyul kuni AQSH Savdo vazirligi e’lon qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat YAIM ketma-ket ikki chorak pasayib kelgan.
Shunday vaziyatda Bayden va uning ma’muriyati reytingi tushmoqda. CNN telekanali o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, demokratlarni qo‘llab-quvvatlaydigan respondentlarning 75 foizi 2024 yilda Demokratlar partiyasidan boshqa bir nomzod ilgari surilishini xohlashini aytgan. Ayni paytda, Baydenni prezidetn lavozimida ko‘rishni istamaydiganlar 32 foizgacha ko‘paygan (avvalroq 16 foiz edi).
Bayden AQSHning 46-prezidenti sifatida o‘z lavozimiga 2020 yil oxiridagi saylovda g‘olib chiqqanidan keyin, 2021 yil yanvarida kirishdi. U o‘zidan avvalgi davlat rahbari Donald Trampning bir qator farmonlarini, xususan, mamlakatning migratsiya siyosatiga aloqador hujjatlarni bekor qildi. Shuningdek, Bayden koronavirusga qarshi kurashni kuchaytirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin