7 454
Medvedev Qozog‘istonni ruslarga nisbatan genotsidda aybladi va SSSR qayta tiklanishini ma’lum qildi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari va sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida post yozib, Qozog‘iston va Gruziya Rossiya imperiyasi sharofati bilan hozirda mavjud ekanini ta’kidladi. Jurnalist va siyosatchi Kseniya Sobchak fikricha, Medvedevning akkaunti xakerlar hujumiga uchragan, chunki post bir necha daqiqadan keyin o‘chirib tashlangan.
Biroq ko‘pchilik postni skrinshot qilib olishga ulgurdi. Unda aytilishicha, Gruziya Rossiya Imperiyasi tarkibidagina hozirgi chegaralariga ega bo‘lgan. U Rossiya imperiyasiga kirguniga qadar umuman mavjud bo‘lmagan, deb hisoblaydi siyosatchi.
Medvedevning fikricha, «Shimoliy va Janubiy Osetiya, Abxaziya va Gruziyaning hozirgi hududi faqat Rossiya bilan yagona davlat tarkibidagina birlashishi mumkin».
«Qozog‘iston — bu sun’iy davlat, sobiq rus hududlari, masalan, Gurev, Semipalatinsk shaharlari, hatto Olmaota ham 1924 yilgacha Verniy deb atalgan», — deb yozdi Medvedev.
Bugungi kunda Qozog‘istonda, Medvedevning fikricha, ruslarga nisbatan genotsid amalga oshirilmoqda va Rossiya u yerga bormagunicha, tartib bo‘lmaydi.
Shuningdek, postda aytilishicha, «qachonlardir katta va qudratli Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan barcha xalqlar yana birgalikda ahil yashashadi», «Kiyev va Kichik Rossiyaning barcha hududlari ozod etilganidan keyin esa… Rossiya ming yillar avval Qadimgi rus davlati davridagidek yana yagona, qudratli va yengilmas bo‘ladi».
Kseniya Sobchak fikricha, siyosatchining sahifasiga xakerlar hujum qilgan. Post Medvedevning Telegram-kanaliga joylanmagan. Medvedevning sahifasiga hujum uyushtirilgani haqida rasman ma’lum qilingani yo‘q, post joylashtirilgan sahifa rasman verifikatsiya qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi