date
views 2 008

Nensi Pelosining samolyoti Tayvanga qo‘ndi

Nensi Pelosining samolyoti Tayvanga qo‘ndi
AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti Tayvanga qo‘ndi. Bu haqda Flightradar ma’lumotlari va Tayvanning «Sanli» telekanali translyatsiyasi orqali ma’lum bo‘ldi.

Nensi Pelosi Osiyo turnesi doirasida orolga tashrif buyurdi.

Spikerning ushbu orol davlatga tashrif buyurish bo‘yicha rejalari orolni o‘zining ajralmas qismi deb hisoblaydigan Xitoyda keskin norozilik uyg‘otdi va rasmiy Pekin tomonidan tahdidlar yangradi.

XXR rasmiylari bir necha bor Vashingtonni bunday tashrif oqibatlaridan ogohlantirdi, seshanba kuni esa AQSH buning uchun to‘lov qilishini bildirdi.

NHK telekompaniyasining xabar berishicha, AQSHning sakkizta F15 qiruvchi samolyoti vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyotini kuzatib borish uchun Okinavadagi bazadan havoga ko‘tarilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nensi Pelosining samolyoti Tayvanga qo‘ndi