Foto: Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi
O‘zbekiston va Polsha davlatlari Interpol xodimlarining hamkorlikda olib borgan harakatlari natijasida zo‘rlashda ayblanayotgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning avgust oyidan beri huquq-tartibot idoralarimiz tomonidan zo‘rlashda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.N. Varshavadan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.
2022 yilning yanvarida jinoyatchi Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan, mart oyida esa polshalik hamkorlar tomonidan ushbu fuqaro Polsha hududiga kirgani haqida xabar kelgan.
Shundan so‘ng Interpolning O‘zbekistondagi MMB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxsni aniqlash va qo‘lga olish borasida sa’y-harakatlar boshlangan va yuborilgan protsessual hujjatlar bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirilib, M.N. ushlangan.
Ekstraditsiya talabi qanoatlantirilgandan so‘ng, huquqbuzar munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga qaytarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi