18:29 / 03.08.2022
4 146

Shimoliy Qozog‘istonni Rossiyaga qo‘shib olishga chaqirgan er-xotin 5 yilga qamaldi

Shimoliy Qozog‘istonni Rossiyaga qo‘shib olishga chaqirgan er-xotin 5 yilga qamaldi
Foto: Sputnik
Petropavlovskda (Qozog‘istondagi shahar) ijtimoiy tarmoqlar orqali Shimoliy Qozog‘istonni Rossiya Federatsiyasiga qo‘shib olishni taklif qilgan er-xotin besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Qozog‘istonda mamlakat hududiy yaxlitligini buzishga da’vatlar ekstremizm sifatida baholanadi.

Juftlik mamlakat Jinoyat kodeksining 180-moddasi 2-qismi – bir guruh shaxslarning telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda Qozog‘iston Respublikasi birligi va yaxlitligini buzish, uning hududi daxlsizligini, davlatning parchalanishini targ‘ib qilish bo‘yicha sud qilindi. Buning uchun besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ular o‘z chaqiriqlarini ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan «Chat Ruletka»da chop etgan. Ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Qozog‘istonni Rossiyaga qo‘shib olishga chaqirgan er-xotin 5 yilga qamaldi