
O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi mehnatidan foydalanish maqsadida majburan ushlab turilgan 10 nafar vatandoshni qutqarishda yordam so‘rab mamlakat Bosh konsulligiga murojaat qilgan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Bosh konsullikning murojaatchilarga tayanib xabar berishicha, bir guruh mahalliy aholi ularni zo‘ravonlik bilan qo‘rqitib, o‘z uylarida saqlagan hamda shaxsiy buyumlari va uyali telefonlarini olib qo‘ygan.
Bosh konsullik xodimlari Olmaota shahar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolari joylashgan joyga borishgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi fuqarolar Bo‘stondiq tuman IIBga olib ketilgan.
Jinoyatchilarga nisbatan esa Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 389-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tegishli tartibda tergov tadbirlari olib borilgandadn so‘ng o‘zbekistonlik fuqarolariga pasportlari va shaxsiy buyumlari qaytarilgan va 1 avgust kuni Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytarilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar