Foto: Qozog‘iston TIV
Qozog‘iston «yagona Xitoy» pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasining ajralmas tarkibiy qismi deb hisoblaydi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.
«Qozog‘iston – xalqaro huquqning amaldagi me’yorlari hamda BMT ustavlariga rioya etish tarafdori. Xususan, bu borada BMT Bosh assambleyasining 1971 yilda qabul qilingan 2758-sonli rezolyutsiyasiga amal qilinishi maqsadga muvofiqdir. Xorijiy mamlakatlar rasmiy delegatsiyalarining Tayvanga tashrifi XXR hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak deb hisoblaymiz», – deydi O.Smadiyarov.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham joriy yil 17 iyun kuni bergan bayonotida Kosovo, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Donetsk, Lugansk kabi tuzilmalar qatorida Tayvan ham rasman tan olinmasligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2 avgust kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi Pekin hamda Vashington o‘rtasida diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi.
Xitoy tomoni N.Pelosining tashrifi javobsiz qolmasligi, davlat o‘z suverenitetini himoya qilish uchun kerakli choralar ko‘rishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ham «yagona Xitoy» siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda bayonot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi