date
views 1 626

Ispaniyada vatandoshlaridan pul undirgan Ukraina fuqarolari qo‘lga olindi

Ispaniyada vatandoshlaridan pul undirgan Ukraina fuqarolari qo‘lga olindi
Foto: Reuters
Ispaniya milliy politsiyasi o‘z vatandoshlaridan pul undirayotgan ukrainalik jinoiy guruhning to‘rt nafar a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlarining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda «Gazeta» nashri.

- "Qo‘lga olingan to‘rt nafar shaxs, vatandoshlaridan kuch ishlatgan holda pullarni talon-toroj qilgan ukrainalik jinoiy guruh a’zolaridir", — deya izoh berdi Ispaniya departamenti matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, hujumchilar may oyida Ukrainadan qochqin bo‘lgan uch kishini talon-taroj qilgan. Hodisa Benidorm shahrida sodir bo‘lgan. Ukrainalik hujumchilar o‘z vatandoshlarining og‘zini berkitib, qo‘llarini bog‘lab qo‘ygan.

Ukraina fuqarolaridan tashkil topgan guruh a’zolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmagan.

Avvalroq estoniyalik fermer Martin Tamm, ukrainalik qochoqlarni million yevro evaziga cho‘chqa o‘g‘irlaganlikda ayblagan edi. Fermer hayvondan truffle qidirish uchun foydalangan — bu faoliyat esa estoniyaliklarga katta daromad keltiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada vatandoshlaridan pul undirgan Ukraina fuqarolari qo‘lga olindi