Foto: Reuters
Amnesty International (AI) xalqaro inson huquqlari tashkiloti Ukrainani harbiylar tomonidan tinch aholiga xavf solayotganlikda ayblagan hisoboti uchun qisman uzr so‘radi. «Amnesty International Ukraina armiyasining taktikasi haqidagi bayonotimiz g‘azabni qo‘zg‘atganidan chuqur taassufda», deyiladi 7 avgust, yakshanba kuni Reuters agentligi e’lon qilgan elektron maktubda.
deyiladi
Shu bilan birga, huquq himoyachilari hisobotda keltirilgan xulosalardan voz kechish niyatida emas. «Amnesty International’ning bu va boshqa har qanday mojaroda ustuvor yo‘nalishi tinch aholi himoyasini ta’minlashdan iborat. Bu bizning so‘nggi tadqiqotni e’lon qilishdan ko‘zlagan yagona maqsadimiz edi. Xulosalarimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda, biz keltirgan og‘riqdan afsusdamiz», — deyiladi bayonotda.
AI inson huquqlari faollari tashrif buyurgan 19 ta aholi punktida Ukraina qo‘shinlari tinch aholiga yaqin bo‘lib, ularni Rossiya hujumi xavfiga duchor qilgani haqida xabar berdi. «Bu Amnesty International Ukraina kuchlarini Rossiya harbiylari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar uchun javobgar deb hisoblaydi va Ukraina harbiylari mamlakatning boshqa hududlarida yetarlicha ehtiyot choralarini ko‘rmayapti, degani emas», — deyiladi maktubda. «Biz juda aniq aytishimiz kerak: Ukraina kuchlarining harakatlarida biz hujjatlashtirgan hech narsa Rossiya qonunbuzarliklarini hech qanday tarzda oqlamaydi».
4 avgust kuni AI «Ukraina urushi taktikasi tinch aholiga xavf tug‘diryapti» nomli hisobotini e’lon qildi. Unda huquq himoyachilari UQK bo‘linmalari bir necha bor turar joylar, maktablar va kasalxonalar hududida o‘z texnikalarini joylashtirgani hamda shu pozitsiyalardan o‘q uzganini, bu esa tinch aholi uchun xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hisobotga izoh berar ekan, Amnesty International «terrorchi davlatni amnistiya qilishga va javobgarlikni tajovuzkordan jabrlanuvchiga o‘tkazishga harakat qilmoqda», deb ma’lum qildi. «Rossiyaning Ukrainaga bergan har qanday zarbasini oqlash mumkin bo‘lgan birorta ham shart yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Agar kimdir jabrlanuvchi va tajovuzkor qaysidir ma’noda bir xil ekani haqida xabar bersa, jabrlanuvchi va tajovuzkorning o‘sha paytda qilgan ishlari e’tibordan chetda qolsa, bunga chidab bo‘lmaydi», dedi Zelenskiy.
Amnesty International (AI) inson huquqlari tashkilotining Ukrainadagi vakolatxonasi direktori Oksana Pokalchuk inson huquqlari faollari Ukrainani insonparvarlik qonunlari va urush olib borish qoidalarini buzganlikda ayblagan AI hisoboti e’lon qilingan kunning ertasiga ishdan bo‘shaganini e’lon qildi.
«Buni tan olish menga og‘ir, lekin Amnesty International rahbariyati va men qadriyatlar borasida kelisha olmadik. Shuning uchun men tashkilotni tark etishga qaror qildim. Jamiyat manfaati uchun har qanday ish mahalliy sharoit va fikrlashni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak deb hisoblayman», deya u qarorini tushuntirdi.
Pokalchuk so‘nggi daqiqagacha tashkilotning Ukrainadagi vakolatxonasi o‘z fikrini Amnesty’ga yetkaza olishiga umid qilganini tan oldi. «Kecha men hammasini tuzataman degan sodda umidda edim. Bu matn o‘chiriladi va boshqasi bilan almashtiriladi. Bugun men bunday bo‘lmasligini angladim», deb yozadi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin