
Foto: Bloomberg / Andreas Gebert
Oltin narxi AQSH mehnat bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng oylik eng yuqori darajasidan tushib, dollar kursining o‘sishiga va AQSH davlat obligatsiyalarining daromadliligiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Nyu-York tovar birjasida dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,9 foizga – unsiya uchun 1 790,40 dollargacha pasaydi.
Kotirovka — birjada amaldagi vaziyat va qonunchilik normalari, qoidalariga muvofiq chet el valyutalari, qimmatli qog‘ozlar kursini, tovarlar narxini belgilash va ularni qayd etish.
Sentabrda yetkazib beriladigan kumush narxi 1,9 foizga pasayib, unsiya uchun 19,74 dollarni tashkil qildi.
5 avgust kuni ma’lum bo‘lishicha, iyul oyida AQSH iqtisodiyotida ish o‘rinlari soni 528 mingtaga oshgan, bu tahlilchilar kutayotgan o‘sishdan 250 mingtaga ko‘proqdir.
Bundan tashqari, AQSHda ishsizlik o‘tgan oyda bir oy oldingi 3,6 foizdan 3,5 foizga tushdi, tahlilchilar esa bu ko‘rsatkich o‘zgarishini kutmagan edi.
Dollarning oltita asosiy jahon valyutasiga nisbatan dinamikasini ko‘rsatuvchi ICЕ hisoblangan indeks 0,9 foizga o‘sdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar