Joni Deppning Avstraliyaga qilgan videomurojaati kulgiga sabab bo‘ldi

Joni Deppning Avstraliyaga qilgan videomurojaati avstraliyaliklar tomonidan gollivud aktyorining eng yomon roli deb ataldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
Avvalroq, Avstraliyaning Gold-Kost shahri sudi Deppning rafiqasi Ember Xerdni bir oylik muddat davomida namunali xulq me’yorlariga amal qilishga hukm qilgan edi. Xerd 2015 yilda Kvinslend shtati hududiga o‘zining ikkita itini noqonuniy olib kirgan. Aktrisaga qonun bo‘yicha 10 yil qamoq jazosi berilishi kerak edi. Ember ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan hujjatlarni topshirganini tan oldi.
Joni Depp va uning rafiqasi Xerd Avstraliya Qishloq xo‘jalik vazirligi saytida joylashtirilgan videoda avstraliyaliklardan bo‘lgan ish uchun uzr so‘radilar va odamlarni qit’a tabiatini asrashga chaqirdilar.
Mazkur video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida kulgiga sabab bo‘ldi. Xususan, bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Deppning eng yomon rollari ro‘yxatini tuzib chiqqan va aktyorning Avstraliyaga murojaat etgan videosi ikkinchi o‘ringa loyiq topildi (Birinchi o‘rin –“Mordekay”, uchinchi o‘rinda – “Karib dengizi qaroqchilari: dunyoning narigi chetida” va to‘rtinchi o‘rinda – “Sayyoh”).
Boshqa bir foydalanuvchi esa, Deppning videomurojaatini – uning “Yolg‘iz reynjer” filmidagi rolidan keyin eng yomoni deya ta’riflagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing